Qabul boshlandiAdmissions are open

Kasb o‘rgan,
dunyoga yo‘l och
Learn a trade,
open the road to the world

Shahrisabz shahar 3-son texnikumi — KOICA qurgan zamonaviy sexlar, mutlaqo bepul ta’lim va Koreyada o‘qishni davom ettirish imkoniyati.Shahrisabz City Technical School No. 3: modern workshops built by KOICA, completely free tuition and the chance to continue your studies in Korea.

Shahrisabz shahar 3-son texnikumi binosi
Payvandlash va chilangarlik sexi
Tikuv sexi
Yigiruv sexi

2018tashkil topgan yilyear founded

8+kasbiy yo‘nalishvocational programs

1000+talabastudents

80%bitiruvchilar ish bilan ta’minlanganof graduates found employment

E’lonlar va yangiliklarAnnouncements and news

Qabul boshlandiAdmissions are open

9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun 8 ta yo‘nalish bo‘yicha qabul davom etmoqda. Ta’lim mutlaqo bepul, yotoqxona imkoniyati mavjud.Admissions to 8 programs continue for 9th and 11th grade graduates. Tuition is completely free and dormitory places are available.

“1+2” dasturi: Koreyada o‘qish“1+2” program: study in Korea

Bir yil Shahrisabzda, ikki yil Koreyada o‘qing. 11-sinf bitiruvchilari va 30 yoshgacha bo‘lganlar qabul qilinadi.One year in Shahrisabz, two years in Korea. 11th grade graduates up to 30 years old are accepted.

KOICA hamkor muassasalar kengashiKOICA partner institutions council

Texnikum direktori 2026-yilgi KOICA hamkor muassasalar kengashida ishtirok etdi.The director of our school took part in the 2026 KOICA partner institutions council.

Texnikum haqidaAbout the school

2018-yilda KOICA yordamida qurilgan o‘quv markazi 2026-yildan davlat texnikumi sifatida faoliyat yuritmoqda.Built with KOICA support in 2018, the training center has operated as a state technical school since 2026.

Direktor Aktam Yuldashev
Aktam YuldashevDirektorDirector

Direktor murojaatiMessage from the director

Aziz abituriyentlar va ota-onalar! Bizning texnikum 2018-yilda KOICA ko‘magida qurilgan va shu vaqtdan beri minglab yoshlarga kasb o‘rgatib kelmoqda.Dear applicants and parents! Our school was built in 2018 with KOICA support and since then has taught a profession to thousands of young people.

2026-yildan davlat texnikumi maqomida 9 va 11-sinf bitiruvchilarini mutlaqo bepul o‘qitamiz. Bizda nazariya bilan birga amaliyot ham o‘rgatiladi: siz sexda, haqiqiy jihozlar yonida ishlaysiz.Since 2026 we have worked as a state technical school and teach 9th and 11th grade graduates completely free of charge. Here you learn not only theory: you work in the workshop, next to real equipment.

Sizni kasb egasi bo‘lishga va xohlasangiz, o‘qishni Koreyada davom ettirishga taklif qilamiz.We invite you to become a skilled professional and, if you wish, to continue your studies in Korea.

Aktam Yuldashev, direktorDirector

TarixchamizOur history

  1. 2018KOICA tomonidan 8,5 mln dollarga qurildiBuilt by KOICA for 8.5 million dollars

    Ishsiz va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazi sifatida ish boshladi.It started work as a training center for unemployed and non-working residents.

  2. 2018–2026Minglab kursantlar kasb o‘rgandiThousands of trainees learned a profession

    Kursantlarning 80 foizi ish bilan ta’minlangan va yuqori daromadga ega bo‘lgan.80 percent of trainees were employed and went on to earn a high income.

  3. 2026Davlat texnikumiga aylantirildiBecame a state technical school

    Endi 9 va 11-sinf bitiruvchilari mutlaqo bepul o‘qiydi.Now 9th and 11th grade graduates study here completely free of charge.

RahbariyatLeadership

Aktam YuldashevDirektorDirector
Sarvinoz IslomovaTalim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariHead of the Education Quality Assurance Inspectorate
Nargiza HafizovaO‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariDeputy director for academic affairs
Sanjar RahimovKasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosariDeputy director for vocational education
Gulnoza SobirjonovnaYoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosariDeputy director for youth affairs

O‘qituvchilarTeachers

KampusCampus

ManzilAddress
Shahrisabz shahri, F. Xo‘jaev ko‘chasi, 39-uyShahrisabz city, F. Xo‘jaev street, 39

Xaritada ochishOpen in Google Maps

Yo‘nalishlarPrograms

8 ta kasbiy yo‘nalish. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim: haqiqiy jihozlar bilan sexda o‘rganasiz. Bitirgach diplom beriladi.Eight vocational programs. You learn in the workshop, with real equipment. Graduates receive a diploma.

Kompyuter tarmoqlari va IT-servis

Kompyuter tarmoqlari va IT-servisComputer Networks and IT Service

Kompyuter va tarmoqlarni o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash.Installing, configuring and repairing computers and networks.
BatafsilDetails

Kompyuter ish joylari va lokal tarmoqlarni sozlash, nosozliklarni topish va mijozlarga IT-texnik sifatida xizmat ko‘rsatishni o‘rganasiz.You learn to set up computer workplaces and local networks, find faults and serve clients as an IT technician.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Kompyuter apparat va dasturiy ta’minotiComputer hardware and software
  • Lokal tarmoq qurish va sozlashBuilding and configuring local networks
  • Texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishFinding and fixing technical faults
  • Mijozlarga IT-xizmat ko‘rsatishIT support for clients

BitirgachAfter graduation

  • IT-servis markazlari va ofislarIT service centers and offices
  • Internet-provayderlarInternet providers
  • Mustaqil IT-xizmatYour own IT service
Metallga qayta ishlov berish

Metallga qayta ishlov berishMetalworking

Payvandlash, metallni kesish, bukish va chilangarlik ishlari.Welding, metal cutting, bending and fitting work.
BatafsilDetails

Sexda payvandlash kabinalari, qisqichli chilangarlik stollari, plazma bilan kesish stoli va bukish pressi bor. Siz haqiqiy jihozlarda mashq qilasiz.The workshop has welding booths, workbenches with vices, a plasma cutting table and a bending press, so you practice on real machines.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Chilangarlik va o‘lchov ishlariFitting and measuring work
  • PayvandlashWelding
  • Plazma bilan kesish va metallni bukishPlasma cutting and metal bending
  • Chizmani o‘qish va xavfsizlik qoidalariReading drawings and safety rules

BitirgachAfter graduation

  • Mashinasozlik va metall konstruksiya korxonalariMachine-building and metal structure plants
  • Ta’mirlash ustaxonalariRepair workshops
  • Payvandchi yoki chilangar sifatida mustaqil ishOwn business as a welder or fitter
Elektromontyor

ElektromontyorElectrician

Elektr tarmoqlari, shchitlar va jihozlarni montaj qilish va ta’mirlash.Installing and repairing electrical wiring, panels and equipment.
BatafsilDetails

Amaliyot o‘quv shchitlari, ish stollari va kompyuterli elektr trenajyorlarida o‘tadi.Practice takes place on training panels, workbenches and computer-based electrical trainers.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Elektr sxemalarini o‘qishReading electrical diagrams
  • Shchit va simlarni montaj qilishAssembling panels and wiring
  • Elektr dvigatellar va boshqaruv sxemalariElectric motors and control circuits
  • Elektr xavfsizligiElectrical safety

BitirgachAfter graduation

  • Ishlab chiqarish va qurilish kompaniyalariFactories and construction companies
  • Elektr xizmati tashkilotlariElectrical service organizations
  • Mustaqil elektr ishlariYour own electrical work
Moda va tikuv texnologiyasi

Moda va tikuv texnologiyasiFashion and Sewing Technology

Kiyimni bichish va sanoat mashinalarida tikish.Cutting and sewing clothes on industrial machines.
BatafsilDetails

Tikuv sexi sanoat tikuv mashinalari bilan jihozlangan, har bir talaba amaliyot uchun o‘z ish joyiga ega.The sewing workshop is equipped with rows of industrial sewing machines, so every student has a place to practice.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Andoza tayyorlash va mato bichishMaking patterns and cutting fabric
  • Sanoat tikuv mashinalarida ishlashWorking on industrial sewing machines
  • Kiyimni boshidan oxirigacha tikishSewing garments from start to finish
  • Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilishQuality control of finished items

BitirgachAfter graduation

  • Tikuv fabrikalariGarment factories
  • Atelye va tikuv studiyalariAteliers and tailoring studios
  • O‘z tikuv ishini ochishYour own tailoring business
Yigiruv ishlab chiqarish

Yigiruv ishlab chiqarishSpinning Production

Ip ishlab chiqarish: tolani tayyorlash, tarash va yigirish.Making yarn: preparing fiber, carding and spinning.
BatafsilDetails

Ip ishlab chiqarishning butun liniyasi bilan ishlaysiz: xom toladan g‘altakdagi tayyor ipgacha.You work with the full yarn production line: from raw fiber to finished yarn on bobbins.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Tolani tozalash va tarashCleaning and carding fiber
  • Yigiruv mashinalarini sozlash va boshqarishSetting up and running spinning machines
  • Ip sifatini nazorat qilishYarn quality control
  • Sexda mehnat xavfsizligiWorkplace safety

BitirgachAfter graduation

  • Yigiruv va to‘qimachilik korxonalariSpinning and textile enterprises
  • Mashina operatori yoki texnolog lavozimlariMachine operator or technologist roles

Avtomobillar servisiAutomotive Service

Avtomobillarni diagnostika qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.Diagnosing, maintaining and repairing cars.
BatafsilDetails

Avtomobil qanday ishlashini va uni soz holatda saqlashni o‘rganasiz.You learn how a car works and how to keep it in good running order.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Dvigatel, transmissiya va yurish qismiEngine, transmission and chassis
  • Avtomobil diagnostikasiCar diagnostics
  • Texnik xizmat va ta’mirlashMaintenance and repair
  • Ustaxonada xavfsizlik qoidalariSafety rules in the workshop

BitirgachAfter graduation

  • Avtoservis stansiyalariCar service stations
  • Transport korxonalariTransport companies
  • O‘z avtoustaxonangizYour own car repair shop

Turar-joy infratuzilmasi servisiResidential Infrastructure Service

Uy-joy va binolarning muhandislik tizimlarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish.Installing and maintaining the engineering systems of homes and buildings.
BatafsilDetails

Uylar va ko‘p qavatli binolarning ishlashini ta’minlaydigan tizimlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatishni o‘rganasiz.You learn to install and look after the systems that keep homes and apartment buildings running.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • Suv, kanalizatsiya va isitish tizimlari asoslariWater supply, sewage and heating basics
  • Bino jihozlariga texnik xizmatMaintenance of building equipment
  • Montaj va kichik ta’mirlash ishlariInstallation and minor repair work
  • Xavfsizlik qoidalariSafety rules

BitirgachAfter graduation

  • Uy-joy xizmati tashkilotlariHousing maintenance companies
  • Qurilish va ta’mirlash firmalariConstruction and repair firms
To‘qish jihozlari operatori

To‘qish jihozlari operatoriKnitting Equipment Operator

To‘qish jihozlarini sozlash va ishga tushirish.Setting up and running knitting machines.
BatafsilDetails

To‘qimachilik sexida to‘qish jihozlarini tayyorlash, ishlatish va ularga qarashni o‘rganasiz.You learn to prepare, run and look after knitting machines in a textile workshop.

Nimalar o‘rganiladiWhat you learn

  • To‘qish mashinalarining tuzilishiStructure of knitting machines
  • Mashinani ishga tayyorlash va sozlashPreparing and setting up the machine
  • Mahsulot sifatini nazorat qilishProduct quality control
  • Oddiy nosozliklarni bartaraf etishFixing simple faults

BitirgachAfter graduation

  • Trikotaj va to‘qimachilik fabrikalariKnitwear and textile factories
  • Mashina operatori lavozimlariMachine operator roles

QabulAdmissions

Ikki yo‘l bor: texnikumda o‘qish yoki Koreya bilan “1+2” dasturi.There are two ways to join: study at the school, or take the “1+2” program with Korea.

Texnikumda o‘qishStudy at the school

Kimlar qabul qilinadiWho can apply
9-sinf va 11-sinf bitiruvchilari9th and 11th grade graduates
Ta’lim narxiTuition
Mutlaqo bepulCompletely free
YotoqxonaDormitory
Yotoqxona bilan ta’minlash imkoniyati mavjudDormitory places are available
BitirgachAfter graduation
Diplom beriladiYou receive a diploma

Koreya bilan “1+2” dasturi“1+2” program with Korea

Kimlar qabul qilinadiWho can apply
11-sinf bitiruvchilari11th grade graduates
YoshAge
30 yoshgachaUp to 30 years old
To‘lovPayment
Kontrakt asosidaOn a contract basis
TOPIKTOPIK
Qabul vaqtida shart emasNot required at admissionShahrisabzdagi 1 yillik o‘qish davrida topshirish mumkin. Koreyada o‘qishni davom ettirish uchun majburiy.You can take it during the first year in Shahrisabz. It is required to continue studying in Korea.

Muddatlar va hujjatlarDeadlines and documentsQabul muddati va hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing.For the admission period and the list of documents, call us or write on Telegram.

Ko‘p so‘raladigan savollarFrequently asked questions

Texnikumda o‘qish pullikmi?Is studying at the school paid?

Yo‘q. 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumda ta’lim mutlaqo bepul. “1+2” dasturi esa kontrakt asosida.No. For 9th and 11th grade graduates, tuition at the school is completely free. The “1+2” program is on a contract basis.

Kimlar qabul qilinadi?Who is accepted?

Texnikumga 9 va 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. “1+2” dasturiga faqat 11-sinf bitiruvchilari, 30 yoshgacha.9th and 11th grade graduates are accepted to the school. The “1+2” program accepts only 11th grade graduates up to 30 years old.

Yotoqxona bormi?Is there a dormitory?

Ha, yotoqxona bilan ta’minlash imkoniyati bor. Batafsil ma’lumot uchun qo‘ng‘iroq qiling.Yes, dormitory places are available. For details, call us.

Bitirgach nima beriladi?What do I get after graduating?

Diplom beriladi. Mutaxassis bo‘lib chiqqaningiz uchun ish topish imkoniyati yuqori.You receive a diploma. As a trained specialist, you have a high chance of finding a job.

“1+2” dasturi nima?What is the “1+2” program?

Bir yil Shahrisabzda, ikki yil Koreyadagi Keimyung College University’da o‘qiladi. Universitetni bitirgach E-7 vizasi beriladi.You study one year in Shahrisabz and two years at Keimyung College University in Korea. After finishing the university you receive an E-7 visa.

“1+2” uchun TOPIK kerakmi?Do I need TOPIK for “1+2”?

Qabul vaqtida shart emas. Shahrisabzdagi 1 yillik o‘qish davrida topshirish mumkin, lekin Koreyada o‘qishni davom ettirish uchun majburiy.Not at admission. You can take it during the first year in Shahrisabz, but it is required to continue studying in Korea.

Ariza uchun qayerga murojaat qilaman?Where do I apply?

+998 91 637 20 39 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, Telegramga yozing yoki F. Xo‘jaev ko‘chasi, 39-uydagi texnikumga keling.Call +998 91 637 20 39, write on Telegram, or visit the school at F. Xo‘jaev street, 39.

Koreyada o‘qish: “1+2” dasturiStudy in Korea: the “1+2” program

Birinchi yil Shahrisabzda, keyingi ikki yil Koreyadagi Keimyung College University’da o‘qiysiz.The first year is in Shahrisabz. The next two years are at Keimyung College University in Korea.

  1. 1-yil: ShahrisabzdaYear 1: Shahrisabz

    Texnikumda kasb o‘rganasiz va TOPIK imtihoniga tayyorlanasiz.You learn a profession at our school and prepare for the TOPIK exam.

  2. 2 yil: Koreyada2 years: Korea

    Keimyung College University’da o‘qishni davom ettirasiz. Buning uchun TOPIK majburiy.You continue at Keimyung College University. TOPIK is required for this step.

  3. Universitetni bitirgachAfter the university

    E-7 vizasi beriladi.You receive an E-7 visa.

  4. Ishlash imkoniyatiWork

    10 yil davomida Koreyaning yetakchi korxonalarida ishlash imkoniyati.A chance to work for 10 years at leading companies in Korea.

KOICA

KOICA bilan hamkorlik davom etmoqda. Hozirda ikki nafar koreyalik volontyor ustoz dars bermoqda.Cooperation with KOICA continues. Two Korean volunteer teachers are teaching at our school now.

Keimyung College University

Koreyadagi Keimyung College University bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.A memorandum of cooperation has been signed with Keimyung College University in Korea.

“1+2” shartlarini ko‘rishSee “1+2” requirements

Rivojlanish rejasiDevelopment plan

Hududning eng yaxshi kasbiy ta’lim markazi bo‘lish va yoshlarni dunyo mehnat bozoriga olib chiqish.To become the region’s best vocational education center and bring young people to the world labor market.

Amaliy ta’limHands-on learning

Sexlarni zamonaviy jihozlar bilan boyitish va darslarni ishlab chiqarishga yaqinlashtirish.Equip workshops with modern machines and bring lessons closer to real production.

Ish beruvchilar bilan hamkorlikEmployer partnerships

Korxonalar bilan shartnomalar, amaliyot joylari va bitiruvchilarni ishga joylash tizimi.Agreements with companies, internship places and a system for placing graduates in jobs.

Xalqaro yo‘lInternational path

Koreya universitetlari va KOICA bilan hamkorlikni kengaytirish.Expand cooperation with Korean universities and KOICA.

Ustoz va talaba rivojiGrowth of teachers and students

Ustozlar malakasi, til o‘rganish va talabalar uchun qulay muhit.Teacher qualification, language learning and a comfortable environment for students.

1–2 yil1–2 years

  • O‘quv muhitini yaxshilashImprove the learning environment
  • Jihozlarni mustahkamlashStrengthen the equipment base
  • Sanoat va ta’lim hamkorligi tizimini qurishBuild a system of cooperation between industry and education

3–5 yil3–5 years

  • Hudud jamiyatiga xizmat qiladigan kasbiy ta’lim markaziga aylanishBecome the vocational education hub for the local community
  • Global almashinuvni kengaytirish: Koreya universitetlari bilan memorandumlar, KOICAWiden global exchange: memorandums with Korean universities, KOICA

10 yil10 years

  • Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bitiruvchilarGraduates who compete in the international job market
  • Viloyatda kasbiy ta’limning namunaviy markaziA model vocational education center for the region

Reja amalga oshgan sari natijalar yangiliklar bo‘limida e’lon qilib boriladi.As the plan is carried out, results will be published in the news section.

Talabalar hayotiStudent life

Zamonaviy sinflar, sexlar va yotoqxona bitta kampusda.Modern classrooms, workshops and a dormitory in one campus.

Ikki kishilik yotoqxona xonasi
Ikki kishilik yotoqxona xonasiDormitory room for two
Yozuv stoli va shkafli yotoqxona xonasi
Yozuv stoli va shkafli yotoqxona xonasiDormitory room with a desk and a wardrobe
Kompyuter sinfi
Kompyuter sinfiComputer classroom

Texnikum yotoqxona bilan ta’minlash imkoniyatini beradi, shuning uchun boshqa tumanlardan kelgan yoshlar ham bemalol o‘qiy oladi.The school offers dormitory places, so students from other districts can study here too.

Biz bilan bog‘laningContact us

Qabul boshlandiAdmissions are open

Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing: yo‘nalish tanlashda yordam beramiz va savollaringizga javob beramiz.Call or write to us, and we will help you choose a program and answer your questions.

Qabul: +998 91 637 20 39Admissions: +998 91 637 20 39